Tataristonda Qoraqalpoq san’ati taqdim etiladi

    Rossiyaning Qozon shahrida 25-30-noyabr kunlari « Vostochnыy bazar v Kazane» («Qozonda sharqiy bozor») xalqaro festivali o‘tkaziladi.

    Ishtirokchilar orasida Qoraqalpog‘istondan tashrif buyurgan san’at ustalari, rassomlar va turoperatorlar ham bor. Ertaga «Piramida» ko‘ngil ochar majmuasida O‘zbekiston va Qorqalpog‘iston san'at ustalari, shuningdek, «Aykulash» Qorqalpog‘iston davlat milliy folklor ansambli ishtirokida «Drujba» («Do‘stlik») konsert dasturi namoyish etiladi.

    Festival doirasida Qorqalpog‘istonlik rassomlarning ko‘rgazmalari namoyish etiladi, Qozon davlat madaniyat universitetida dramaturg T. Minnullinning «Chetыre jenixa odnoy devushki» («Bir qizning yetti qallig‘i») spektakli namoyish etiladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Qorqalpog‘iston va Tatariston hamkorligini kengaytirish, tajriba almashish va «Kulturnыe svyazi narodov Azii i Vostoka» («Osiyo va Sharq xalqlarining madaniy aloqalari») xalqaro festivalida qatnashish uchun Tatariston bilan har tomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida turizm, madaniyat va ta'lim sohalarida rasmiy uchrashuvlarda delegatsiyamiz a'zolarining ishtiroki rejalashtirilgan.

    Tataristonda shuningdek, Buyuk Qoraqalpog‘iston shoiri Ajiniyaz Kasibay o‘g‘lining 200-yilligi nishonlanadi. 30 nyabrda esa «Aykulash» ansambli festivalning yopilishiga bag‘ishlangan gala-konsertda ishtirok etadi.