Tataristonda samolyot halokatga uchradi

    Tataristonda (Rossiya Federatsiyasi) samolyot halokatga uchradi, uch kishi hayotdan ko'z yumdi, bir kishi jarohat oldi.

    Tataristonning Kamsko-Ustinskiy tumanida sayyohlik samolyotining qulab tushishi oqibatida uch kishi hayotdan ko'z yumdi va bir kishi jarohatlandi, deb xabar berdi tuman fuqaro muhofazasi boshqarmasi.

    “Ha, samolyot halokatga uchradi, uch kishi hayotdan ko'z yumdi, ulardan biri, ehtimol, bola bo'lishi mumkin”, dedi agentlik suhbatdoshi.

    Uning aniqlik kiritishicha, hodisa oqibatida bir kishi jarohatlandi, deb xabar beradi ria.ru.