O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, mazkur hodisa oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Bosh konsulxona halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirda holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Hodisaga aniqlik kiritish maqsadida mahalliy mas’ul idoralar va tergov organlari bilan zarur aloqalar o‘rnatilgan.

Vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini sud-tibbiy ekspertiza va zarur rasmiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshiriladi.