Tataristondagi yongʻinda 5 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

    Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi halok boʻlganlarning shaxsiga aniqlik kiritdi.

    Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Tataristondagi yongʻinda halok boʻlgan oʻzbekistonliklar boʻyicha maʼlumot berdi.

    Maʼlum qilinishicha, shu yilning 24-dekabr kuni ertalab soat 3:00 larda Tatariston Respublikasida Yelabuga munitsipal tumanida joylashgan “MIR” chorvachilik fermasining inshootida yongʻin sodir boʻlgan.

    Yongʻin oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (A.B. 1976-y.t., X.X., 1965-y.t., J.U., 1970-y.t., B.N., 1995-y.t. va S.D., 2002-y.t.) halok boʻlgan.

    Bosh konsulxona holat nazoratga olinib, tezkor ravishda diplomatlar voqea joyiga safarbar etilgani va halok boʻlganlar jasadlari Vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishga qaratilgan choralar koʻrilayotganini eʼlon qildi.