Shu yilning 2-15-aprel kunlari Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri “Ishmurat” kulolchilik maktabida faoliyat olib borayotgan Liliya Safuanova, Liliya Yemelyanova, Snejana Xayrullinalar Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi mashhur usta-kulol, xalq amaliy sanʼati ustasi Baxtiyor Nazirov ustaxonasida boʻlib, anʼanaviy Rishton kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarini oʻrgandilar, kulolchilik hamda koshinpazlik sir-sinoatlari bilan tanishdilar.

Tataristondan kelgan hunarmandlar “Ishmurat” kulolchilik maktabida kulolchilik bilan shugʻullanadi, bu ustaxonada kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi, mahorat darslari namoyish etiladi va yoshlarga hunar oʻrgatadi.

Shu bilan birga tataristonlik mehmonlar Rishton anʼanaviy kulolchilik namayondalari, akademik Sharofiddin Yusupov hamda amaliy sanʼat ustasi Alisher Nazirov ustaxonalarida boʻldilar.

Rishtonlik ustalarni Ishmurat kulolchilik maktabi bilan hamkorligi bardavom boʻlishi, oʻzaro tajriba hamda mahsulotlarni sotilishini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Taʼkidlash lozimki, Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tataristonlik hunarmandlarning mehmonxona xizmati hamda hunar oʻrganishi uchun usta hunarmandlarga ish haqi moliyalashtirildi, deb yozmoqda uyushmaning matbuot xizmati.