Suhbat chogʻida kompaniyaning mamlakatimizdagi loyihalarining bugungi holati va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Xususan, kompaniyaning kimyo sanoatidagi faoliyati atroflicha muhokama etildi. Obyektlarni muvaffaqiyatli ishga tushirish va rejalashtirilgan quvvatlarga chiqarishga qaratilgan qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlikni kengaytirishga sobit qolishlarini bildirib, muhokama etilgan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan samarali hamkorlik qilish mexanizmini ishlab chiqdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.