Ushbu yoʻnalishning boʻlajak magistrantlari Yevropaning nufuzli universitetlari (Technical university of Berlin, Agricultural university Plovdiv, Czech university of Life sciences Prague) bilan hamkorlikda tayyorlangan oʻquv reja asosida taʻlim olishadi.
Bunda Geoaxborot tizimlari, Masofadan zondlash texnologiyalari va ilovalari, SENTINEL-1-2-3 tasvirlari bilan ishlash, Kompyuter koʻrishi, Geoportal, geoxizmat, geotahlil tizimlari uchun veb texnologiyalar, Raqamli qishloq xoʻjaligi asoslari, Geoaxborot tizimlarida sunʻiy intellekt va boshqa shu kabi mutaxassislik fanlari asosida zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar.