Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-sonli qarori asosida mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, munosib sharoitlar bilan taʼminlash yoʻnalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Taxtakoʻpir tumanida, uch nafar yoshga barcha qulayliklarga ega ikki xonali xususiy uylar topshirildi. Tadbirda tuman hokimi Jambul Adilov ishtirok etib, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar Prezidentimizning doimiy eʼtiborida ekanligi, bunday yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga erkin hayot uchun zarur sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini alohida taʼkidladi.
Shundan soʻng, tuman hokimi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yoshlarga uy-joy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.








