Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 4-iyul kuni soat 12:08 da boshqarmaga Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY hududidagi qir adirliklarida quruq oʻt yonayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan hamda yongʻinni bartaraf etish ishlarini boshlagan.
Yongʻin Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlab turuvchi dovondan oʻtgan avtomobil yoʻliga xavf solmayotgani maʼlum qilingan.
Tarmoqlarda tarqalgan videolardan koʻrish mumkinki, yongʻin kuchli boʻlib, osmonni tutun qoplagan.
Berilgan Qoʻshimcha maʼlumotga koʻra, yongʻin oʻrab olingan. Hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Yongʻin koʻlami qisqarib bormoqda. Aholi punktlari hamda Taxtaqoracha dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻliga yonigʻinning xavfi mavjud emas.









