Tayvanda zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda

    Tayvanda sodir bo'lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 10 kishiga yetdi, 934 kishi jarohat oldi.

    Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi orol yong'in xavfsizligi xizmatiga tayanib xabar berdi.

    “Soat 18.00 holatiga ko'ra, Xualyan uyezdi qirg'oqlarida sodir bo'lgan zilzila oqibatida 10 kishi hayotdan ko'z yumdi, 934 kishi jarohatlandi, 56 kishi qamalib qolgan”, deyiladi telekanal xabarida.

    Avvalroq 9 kishi halok bo'lgani va 821 kishi jarohatlangani haqida ma'lum qilingan edi, deb xabar beradi ria.ru.