Shvetsiya poytaxtida tashkil etiladigan matchga futbolchilarimiz shu kunlarda yangi murabbiy Srechko Katanes boshchiligida qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.

Tribuna.uz xabariga qaraganda, legionerlar ham asta-sekin Toshkentga yetib kelmoqda. Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Doston Tursunov, Igor Sergeyevlar allaqachon mashqlarni boshlab yuborgan. Eldor Shomurodov ham bugun-erta yetib keladi.