баннер
21 Mar 2025
22:18

    Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun “Birlamchi koʻmak xonalari” tashkil etildi

    Respublika boʻylab 192 ta tuman shaharlarda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun shifoxonalarda tunu kun ishlaydigan “Birlamchi koʻmak xonalari” tashkil etildi.

    Qayd etilishicha, “Birlamchi koʻmak xonalari“ ga ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlari 3 sutkaga birlamchi ruhiy-psixoterapevtik yordam uchun profilaktika inspektori dalolatnomasi yoki “Inson“ markazi yoʻllanmasi asosida joylashtiriladi.

    Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar “Ishonch telefoni 1146” ga, “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazlariga, yoki ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

    Maʼlumot uchun: “Birlamchi koʻmak xonalari“ 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1-oktyabrdan boshlab Respublika boʻylab tashkil etildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech