Unga koʻra, Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zoʻravonlik holati toʻgʻrisida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
- ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
- “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.
Murojaat boʻyicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
▪️xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkaziladi;
▪️ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi;
▪️profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi hamda zaruratga koʻra birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni koʻradi;
▪️ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiriladi.
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan koʻrsatiladi.