TDPUda gender tenglik bo'yicha maslahat kengashi yig'ilishi

    Kengaytirilgan tadbirda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda koʻrsatilgan kengashning asosiy vazifalari, majburiyatlari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi.

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida gender tenglik boʻyicha maslahat kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitet rektori Alisher Umarov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Chilonzor tumani mahalla va oilani qoʻllab-quvatlash boʻlimi masʼul xodimlari, barcha fakultetlarining xotin-qizlar masalasi boʻyicha maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etdi. Kengaytirilgan tadbirda universitet rektori gender tenglik masalasiga alohida toʻxtalib, erkaklar va ayollarga teng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish, talaba qizlarning taʼlimiga, kasb egallashiga katta eʼtibor qaratish, ular oʻrtasida turli mavzularda keng tushuntirish ishlarini muntazam olib borish zarurligi, qizlarni hayotga tayyorlashga barcha birdek javobgarlik hissi bilan yondashishi lozimligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

    Shuningdek, yigʻilish davomida universitet xotin-qizlar masalasi boʻyicha kengashi raisining saylovi ham tashkil etildi. Saylov natijasiga koʻra universitetning maxsus pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Dilorom Odilova koʻp ovoz toʻplab, kengash raisligiga tayinlandi.

    Kengaytirilgan tadbirda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda koʻrsatilgan kengashning asosiy vazifalari, majburiyatlari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi.

    Tadbir soʻngida universitet jamoasida har jabhada tashabbuskor, faol va samarali mehnati bilan namuna boʻladigan xotin-qizlar munosib ragʻbatlantirildi. Ayolni, Vatanni, onani madh etuvchi badiiy chiqishlar barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.