2022-yil 7-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 1-qismi bilan ayblangan B. Yu. (1984-yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni boshlanganligi va ish yopiq sud majlisida koʻrilishi maʼlum qilingan edi.
Bugun, 2022-yil 7-iyun kuni, sudlanuvchi B. Yu. ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni oʻz nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Kasimov raisligida koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, B. Yu. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun assolar) 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilindi.
B. Yu. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil-koloniyalarda oʻtalishi belgilandi.
Shuningdek, manfaatdor shaxslarga mulkiy undiruv masalasida fuqarolik sud ish yurituvi tartibida murojaat qilish lozimligi tushuntirildi.