YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi doirasida talabalar mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Jumladan, TDTU Olmaliq filiali talabalari uchun o'tilgan darslarda OAV turlari, ijtimoiy tarmoqlar turlari va ulardan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar berildi. Nima uchun bugun mediasavodxon bo'lish kerak, mediasavodxonlikni qanday rivojlantirish mumkin, degan savollarga javob izlandi.

Mediasavodxonlik xuddi o'qish, yozish qobiliyati kabi juda muhim ko'nikmaga aylanib bormoqda. Sababi, bugun odamlar parallel ravishda mediaolamda yashayapti, turli axborot manbalaridan foydalanyapti. Albatta, har kim bu ma'lumot qanchalik foydali yoki zararli ekanini o'ylab ko'rishi kerak.

Kuni kecha o'tkazilgan navbatdagi mashg'ulotda “Mediasavodxonlik — davr taqozosi” mavzusida ma'ruza tinglandi.