“Universitas Indonesia”ning dunyo universitetlarida Yashil iqtisodiyot bilan bog'liq mavjud holat va siyosat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini taqdim etuvchi reytingida Toshkent davlat yuridik universiteti 496-o'rinni egalladi.
Reytingda jahonning 80 dan ortiq davlatidan mingga yaqin oliy ta'lim muassasasi ishtirok etdi.
TDYU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.
Ma’lumot uchun: “UI GreenMetric World University Ranking” quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z reytingini yuritadi va umumiy natijalarni e'lon qiladi:
- Setting & Infrastructure;
- Energy & Climate Change;
- Waste;
- Water;
- Transportation;
- Education & Research.
https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2021