TDYUUda Ekspertlar kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

    Ta'lim 3 Fevral 2021 4145

    Toshkent davlat yuridik universitetida xorijda, xususan, AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda istiqomat qilib, huquqshunoslik sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafarga yaqin vatandoshlarimizdan iborat Ekspertlar kengashi tashkil etildi.

    Mamlakatimizda yuridik taʼlim va fanni yuksaltirish yoʻlida xorijda yashayotgan va professional faoliyatni yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar saʼyi-harakatlarini birlashtirishni maqsad qilgan mazkur kengashning aʼzolari universitet akademik jarayoniga bevosita jalb etilgan.

    Ishonchimiz komil, mazkur kengashga aʼzo boʻlgan vatandoshlarimizning xorijda orttirgan tajribalari milliy yuridik taʼlim va fanni rivojlantirishga, xalqaro darajaga olib chiqishga, shuningdek yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashga munosib xissa qoʻshadi.

    Yaqin kunlarda, universitet Ekspertlar kengashi aʼzolarining har biri keng jamoatchilikka tanishtiriladi.

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi