2019 moliyaviy yilida universitet daromadlari 79 milliard 323 million 700 ming soʻmni tashkil etgan. Daromadning 85,4 foizi oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan.

Universitet 72 milliard 502 million 200 ming soʻm xarajat qilgan. Ushbu mablagʻning 58 foizi ish haqi, unga tenglashtirilgan toʻlov va nafaqalar, ish haqidan ajratmalar uchun sarflangan.

Talabalar uchun stipendiya toʻlovlariga 10 milliard 816 million 500 ming soʻm ajratilgan.

Qayd etish kerak, TDYUU xodimlarining oʻrtacha ish haqi 6 million 333 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi