TEAM Meating platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda xalqaro reyting tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov, TDYUU vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Sergey Xristolyubov QS World University Rankings kompaniyasi tomonidan muntazam chop etiladigan World University Ranking of Times Higher Education reytingi, uning metodologiyasi va talablari hamda QS-HUB platformasida ishlash haqida maʼlumot va koʻrsatmalar berdi.
Uchrashuvda universitetning xalqaro reytingga kirish imkoniyatlari va strategik rivojlanish rejalari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, TDYUUning 2021-yilda QS World University Rankingsning mintaqaviy hamda sohaviy reytinglarida ishtirok etishi borasida muzokaralar olib borilib, bu borada ijobiy kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun: QS World University Rankings xalqaro reyting tashkiloti oliy taʼlim muassasalarining global, mintaqaviy va sohaviy reytingini olib boradi. Reytingni aniqlashda oliy taʼlim muassasasidagi taʼlim sifati, akademik nufuz va taʼsir, xalqaro munosabatlar hamda ilmiy tadqiqot ishlarning tijoratlashtirilishi mezonlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi








