Taniqli dramaturg Nurillo Abbosxonning “Aziz” nomli asari asosida rejissyor Shuhrat Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan repertuar namoyish etildi.
- Namangan shahridagi tibbiyot maskanlarida sidqidildan mehnat qilayotgan xodimlardan 55 nafarini tomoshaga taklif etdik. Bunday madaniy tadbirlar ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishida katta ahamiyatga ega, - deydi shahar tibbiyot birlashmasining kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Bobur Toshpoʻlatov.
Oilaviy ahillik, mehr-oqibat, aka-ukalar oʻrtasidagi rishtalarning uzilishi singari tarbiyaviy ahamiyatga ega qadriyatlarni poymol etildek achchiq hayotiy voqealarga qurilgan sahna asarining namoyish etilishi tomoshabinlarni toʻlqinlantirdi.
- Sahnada ijro etilgan har bir rol hayotdan olingani bilan juda ham taʼsirli. Sababiki jamiyatimizda mehr-oqibatni unutib qoʻyayotgan mana shunday bemehr insonlar ham yoʻq emas. Bu namoyish etilgan spektakl barcha qatori menga ham manzur boʻldi, deydi koʻzidagi yoshlarni yashira olmagan Namangan tumani tibbiyot birlashmasi tugʻruq kompleksi kichik tibbiy xodimi Gulchehra Tursunova.
Ulugʻbek RUZIMATOV.