2021-yil davomida teatrlarga tashrif buyuruvchilar soni 1 mln 952,5 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021-yil davomida teatrlarda 9 476 ta spektakl` namoyish etilgan. Ulardan 2 703 tasi ko'chma spektakl` hisoblanadi. Quyida teatrlarda namoyish etilgan spektakllar sonini yillar kesimida ko'rishingiz mumkin:
2000-yilda 9 465 ta;
2010-yilda 10 800 ta;
2019-yilda 11 142 ta;
2020-yilda 5 462 ta;
2021-yilda 9 476 ta.