U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.

U oʻzining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan. Aktrisa ijodi davomida “Masxaraboz”, “Sevginator 1, 2”, “Er bermoq — jon bermoq”, “Chashma”, “Oʻzimdan oʻzimgacha”, “Fidoiylar”, “Poyga”, “Maftun boʻldim”, “Elparvar”, “Sehrli qalpoqcha 1, 2”, “Hokim buva” kabi koʻplab filmlardagi rollari orqali tomoshabin mehrini qozongan.

Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.

Yuz.uz jamoasi Shafoat Rahmatullayevaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.