Tedros Gebreyesus: Isroilning G'azo sektoridagi Rafah shahridagi harbiy amaliyoti gumanitar falokat keltirib chiqaradi

    Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma'lum qildi.

    “Rafahga keng miqyosli bostirib kirish gumanitar falokatga aylanadi”, deb yozdi u X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.

    JSST rahbari, shuningdek, mojaro tomonlarini o't ochishni to'xtatishga va “barqaror tinchlik” o'rnatishga chaqirdi, deb xabar beradi tass.ru.