Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro T.Abdullayev Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qildi. Aytishicha, tomorqasida yetishtirgan anor hosilini S.Qilichev ismli shaxs 23 million 392 ming 800 soʻmga sotib oladi. Xamir uchidan patir deb mahsulot uchun oldindan 4 million soʻm beradi va pulning qolganini keyin berishini aytadi. Ammo oradan ancha vaqt oʻtsa hamki, puldan darak boʻlmaydi. T.Abdullayev oʻz haqini soʻrab bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsa-da, S.Qilichev turli bahonalar aytib, anorning pulini bermaydi.
Federatsiya tomonidan holat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish natijasida qolgan sotuvchiga berilishi kerak boʻlgan pulning 17 millioni soʻmi fuqaroga olib beriladi. Qolgan qismi ham tez orada qaytarilishi taʼminlanadi, deb xabar beryapti federatsiya axborot xizmati.