Tel-Avivdagi AQSh elchixonasi yaqinida dron portlashi oqibatida kamida bir kishi halok bo'ldi

    Tel-Avivdagi AQSh elchixonasi yaqinida dron portlashi oqibatida bir kishi halok bo'ldi, yetti kishi jarohat oldi.

    Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, portlash Ben-Yexuda va Shalom-Aleyxem ko'chalari chorrahasida, AQSh elchixonasi binosidan 100 metr uzoqlikda sodir bo'ldi.

    “Favqulodda xizmatlar tomonidan olib borilgan tintuvlar davomida portlash joyi yaqinidagi xonadondan odamning jasadi topildi, yetti kishi jarohat oldi”, deb qayd etdi gazeta.

    Guvohlarning ta'kidlashicha, dengizdan dron uchib kelgan. Hozirda ushbu versiya tezkor xizmatlar tomonidan tekshirilmoqda.

    Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, deb xabar beradi report.az.