Yoshlar telekanalining «Yangi davr» dasturi boshlovchisi, jurnalist Nozima Mahmudova 26 may kuni 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi axborot xizmati ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, jurnalistda 26 may kuni yurak operatsiyasi o'tkazilgan va shundan so'ng u vafot etgan.
Nozima Mahmudova O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili filologiyasi fakultetida o'qigan. Jurnalistlik faoliyatini 2013 yilda boshlab, Toshkent, O‘zbekiston 24, Sevimli telekanallarida ishlagan. Bugunga qadar Qishloq xo'jaligi vazirligi media markazi va Yoshlar telekanalida faoliyat olib borayotgan edi.
Uning bir nafar o'g'il farzandi bor.