Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat tungi soat 02:20 lar atrofida sodir boʻlgan. Oʻzganing mulkiga ochiqdan-ochiq koʻz olaytirgan shaxs, koʻp qavatli uy oldida turgan ayolning telefonni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.
Toshkent IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchi topildi va jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 2003-yilda tugʻilgan Diyor ismli shaxs qoʻlga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.