Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.
Avtobus haydovchilari yo'nalish vaqtida bemalol yuzlab yo'lovchilarning hayotini xavf ostiga qo'yib, telifonda gaplashib ketishiga ko'nikib ham qolganmiz to'g'risi. Avtobus salonini buruqsitib segaret tutatishini aytmasa ham bo'ladi.
«Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilarining ana shunday qoidabuzarlklari haqida ma'lumot berdi.
Ma'lumotga ko'ra, ayrim avtobus haydovchilari tomonidan yo'nalish davomida bir qator qo'pol qoidabuzarliklar sodir etilgan. Jumladan, 2024-yilning o'tgan 2-choragida jami 1392 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo'lib, ulardan:
955 tasi uyali aloqa vositasidan foydalanish; 258 tasi tamaki mahsulotini iste'mol qilish; 179 tasi esa nazorat uchun mo'ljallangan kuzatuv kameralariga qasddan ziyon etkazish kabi qo'pol qoidabuzarliklardir.