Telegram foydalanuvchilari yangi firibgarlik sxemasiga duch kelishdi, bunda onlayn so'rovnomada ishtirok etish, ovoz berishni tasdiqlash uchun foydalanuvchidan shaxsiy ma'lumotlarini kiritish so'raladi, shundan so'ng firibgarlar akkauntga kirish huquqiga ega bo'ladi.

"So'nggi vaqtlarda telegram-akkauntni "o'g'irlash"ning yangi usullari ko'paymoqda. Bu — eng xavfli turlaridan biri. Ya'ni, Sizga tanishlaringizdan, kontaktlaringiz ro'yxatidan kimdir qandaydir onlayn so'rovnomada ishtirok etishni iltimos qiladi va saytga havola yuboradi. Ovozlar sonini hisoblash uchun Siz telefon raqamingizni va tasdiqlash kodini kiritishingiz kerak bo'ladi. Shu tariqa firibgar akkauntingiz boshqaruvini qo'lga oladi", — deyiladi  "Kasperskiy laboratoriyasi" kompaniyasi xabarida.