Bu haqda Pavel Durov maʼlum qildi.
Telegram maʼmuriyati endilikda shunday foydalanuvchilarning maʼlumotlari: ularning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiy soʻrovga asosan tegishli organlarga taqdim etadi.
Maʼlumot uchun, Durov avgust oyida Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun qoʻlga olinib, unga nisbatan “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik” ayblovlari eʼlon qilingandi. Keyinchalik u qoʻyib yuborildi, lekin Fransiyani tark etmasligi belgilandi. Buning uchun Durov 5 mln yevro garov puli qoʻyishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur edi.