Telegram IPO oʻtkazishi mumkin

    Telegram messenjeri IPO oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgani, bu rejaning katta ehtimol bilan 2023-yilda amalga oshirilishi haqida Vedomosti xabar berdi.

    Xabarga koʻra, kompaniya 30−50 mlrd dollarga baholanishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kompaniya bozorga aksiyalarning 10−25 foizini chiqarishi mumkin. Telegram oʻz aksiyalarini Osiyo birja bozorlaridan birida joylashtirishi mumkin.

    Messenjer IPO ga qadar diagnostika qilishni boshladi va hozirda aksiya oʻtkazishni rejalashtirgan mintaqa va birjalarni yaqindan oʻrganishmoqda. Unga koʻra, hozirda Telegram aksiyadorlari “IPO formatiga koʻproq yaqinroq”.

    Maʼlumot oʻrnida: IPO — (Initial Public Offering) aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan maʼnoni bildiradi. IPO ni oʻtkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilishdir.