Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatga asosan Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli E.А. ismli shaxs sodir etganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, E.А., I.H. bilan Telegram messenjerida tanishib, unga “PUBG” onlayn oʻyinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1.470.000 pullarni oʻtkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni oʻchirib yuborib, uni qora roʻyxatga kirgizib qoʻygan.
Hozirda holat yuzasidan E.А.га nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.