Telegramdagi “Shopping_me” kanali admini firibgar boʻlib chiqdi

    U 31 yoshli ayolning ishonchiga kirib undan oldindan toʻlov sifatida 248 ming soʻm pulni bank kartasiga oʻtkazib olib gʻoyib boʻldi.

    Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi 31 yoshli (ayol) U.K. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeri orqali ayollar kiyimini sotib olish maqsadida “Shopping_me” kanali admini bilan oʻzaro kelishib, oldindan buyumlari uchun toʻlov sifatida 248 ming soʻm miqdorida pul mablagʻlarini uning bank kartasiga oʻtkazib berganligi ammo, aldanib qolganligini maʼlum qilib, qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

    Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi 17 yoshli (qiz) B.M. sodir etganligi aniqlandi. B.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoiy javobgarlikka tortildi.

    Qonunga muvofiq, B.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.