Telegramm orqali ayolni aldab pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Xavfsizlik 13 Avgust 2021 766

    Shu yilning 5-avgust kuni T.G. ismli ayol Fargʻona shahar IIBga ariza bilan murojaat qildi. Uning yozishicha, telegram ijtimoiy tarmoqdagi tegishli kanal aʼzosi boʻlgan nomaʼlum shaxs 2021-yilning aprel oyi boshlarida T.G.ning pullarini koʻpaytirib berishni aytib, 600 AQSH dollarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

    Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deya xabar beradi Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

    Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

    Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.