Telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 21,2 % ga oshgan

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

    Telekommunikatsiya xizmatlari hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,2 % ga oshgan.

    Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlarining hajmi:

    Qoraqalpogʻiston R. – 39,5 mlrd.
    Andijon viloyati – 58,1 mlrd.
    Buxoro viloyati – 43 mlrd.
    Jizzax viloyati – 25,7 mlrd.
    Qashqadaryo viloyati – 53,4 mlrd.
    Navoiy viloyati – 25,9 mlrd.
    Namangan viloyati – 50,7 mlrd.
    Samarqand viloyati – 72,6 mlrd.
    Surxondaryo viloyati – 41,7 mlrd.
    Sirdaryo viloyati – 21,6 mlrd.
    Toshkent viloyati – 52,9 mlrd.
    Fargʻona viloyati – 79,3 mlrd.
    Xorazm viloyati – 37,7 mlrd.
    Toshkent shahri – 472,6 mlrd.