Ushbu hujjatda telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratishga qaratilgan quyidagi bir qator yangiliklar belgilandi.
Jumladan, mobil aloqa abonentlari shaxsiy hisobida mablagʻ xizmat koʻrsatishni davom ettirish uchun yetarli boʻlmaganda mobil aloqa operatori va abonent oʻrtasida tuzilgan shartnomani bekor qilish (mavjud boʻmagan raqam holatiga oʻtkazish) muddati 2 oydan 1-yilga uzaytiriladi.
Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boshqa tarif rejasi bilan bepul almashtirishi mumkin boʻladi (bundan muayyan guruh yoki maʼlum cheklangan hudud uchun ishlab chiqilgan alohida tarif rejalariga oʻtish mustasno).
Amaldagi tariflar shartlari oʻzgarganda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt yoki SMS xabarnomalar orqali majburiy tartibda xabardor qilinadi.
Aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida, xizmat koʻrsatish punktiga kelish imkoniyati boʻlmagan fuqarolar uchun yashash joyiga borish, olis va yetib borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida sayyor mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.