Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

    Agentlik operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–142-son, 21.08.2025-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.

    Agentlik operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.

    Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor boʻladi.