Bugungi kunda 1 629 ta oilaning 6 356 nafar oila aʼzosi Xalq deputatlari tuman kengashining qaroriga binoan “Temir daftar” roʻyxatidan chiqarildi. Qolgan 124 ta oilaning 488 nafar oila aʼzosini belgilangan tartibda “Temir daftar” roʻyxatidan chiqarish borasidagi saʼy-harakatlar davom etyapti.
Yaqinda ana shunday oilalarning bir guruhiga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Guliston tuman boʻlimi, boʻlim qoshida faoliyat koʻrsatayotgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yordam koʻrsatildi.
— Ularning turmush tarzi, yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli oʻrganib chiqildi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Guliston tuman boʻlimi bosh mutaxassisi Matluba Abdullayeva. — Shunga qarab ularga yordam beriladi. Misol tariqasida aytadigan boʻlsam, “Temir daftar”ga kirgan, ijtimoiyi himoyaga muhtoj oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 6 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan boʻlsa, sogʻligʻida muammosi bor boʻlgan Ahmad fuqaro Madina Qurbonovaga 42 million soʻm, “Ibrat” mahalla fuqarolar yigʻinida yashayotgan Tursunboy Tavbayevga 26 million 875 ming soʻm, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Sabohat Pardayevaga 4 million 500 ming soʻm, shu mahallada yashovchi fuqaro Oʻtkir Toʻychiyevga 28 million 177 ming soʻm, “Sohil” mahalla fuqarolar yigʻida yashovchi fuqaro Goʻzal Toshmurodovaning murojaatiga asosan turmush oʻrtogʻi Abdunazar Shaybekovga 2 million 601 ming soʻm pul mablagʻlari sogʻligʻini tiklash uchun oʻtkazib bergan boʻlsak, dori-darmon olish uchun “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻinnida yashovchi fuqaro Kamola Yuldashevaga 2 million 800 ming soʻm, fuqaro Iroda Egamovaga 2 million soʻm pul mablagʻlari oʻtkazib berdik.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Guliston tuman boʻlimi xodimlari Xalq deputatlari tuman kengashi aʼzolari bilan maslahatlashgan holda turmush sharoiti ogʻir, yordamga muhtoj oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yordam koʻrsatish davom etyapti..
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, ijtimoiy ahvoli ogʻir, turmush tarzida muammosi bor fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatib, “Temir daftar” roʻyxatidan chiqishiga koʻmaklashish. Bu borada olib borilayotgan ishlar natijasida “Temir daftar” roʻyxatidan chiqib, turmush sharoiti yaxshilanayotgan fuqarolar soni Guliston tumanida kun sayin koʻpayib boryapti, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi Sirdaryo viloyat boʻlimi matbuot xizmati.