Temir irodali, Oltin odamlar

    Ona vatanimiz osudaligi, tinchligi posbonlari — ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami yaqinlashgani sari bir qalamkash sifatida meni allanechuk hayajon qurshab oladi. Ularga mana shu munavvar tonglar, barakotli kunlar uchun minnatdorlik so'zlarini aytgim keladi.

    Ona vatanimiz osudaligi, tinchligi posbonlari — ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami yaqinlashgani sari bir qalamkash sifatida meni allanechuk hayajon qurshab oladi. Ularga mana shu munavvar tonglar, barakotli kunlar uchun minnatdorlik soʻzlarini aytgim keladi.

    Shahar va qishloqlarimizdagi fayzu tarovat hushyor nigohlaringiz, jasurligingiz, botirligingiz, adolat va yurtga muhabbatingiz tufaylidir.

    Yil-oʻn ikki oy gulga oʻranmish maftunkor vatanimizda fasllar kelinchagi bahordan tortib, saratonning kuydirgich oftobi, qishning qilich qayragan ayozli kunlarida ham biz bexavotirmiz, chunki siz borsiz.

    Erta tongda yurtimiz musulmonlari bomdod namoziga uygʻonadi, tongda ochilgan atirgullar shoxiga bulbullar qoʻnib, dillarni erkalaydi. Duolarimiz Yaratgan egamga yetsin. Biz tinchmiz, shafoat va farogʻat ichramiz. Shukr, siz borsiz.

    Buni hayot deydilar, unda hamisha yaxshilik va yomonlik, qahr va mehr oʻrtasida kurash davom etadi. Ammo hamisha yaxshilik gʻalaba qiladi, kechikib boʻlsa-da, mashaqqatlar evaziga boʻlsa-da, adolat qaror topadi. Koʻz yoshlarni artuvchi, eng ogʻir vaziyatda yordam qoʻlini choʻzuvchi, bunisi oq, bunisi qora, deb aytish uchun siz borsiz.

    Maʼnaviy va maʼrifiy anjumanlarda, diplom topshirishdek hayajonli tadbirlarda Ichki ishlar akademiyasiga borib turaman. Keyingi yillarda bu oʻquv maskanida taʼlim olish uchun ariza topshirganlar soni tobora oshib bormoqda. Farzandlari ushbu ilm dargohida oʻqishini har bir ota-ona istaydi. Shaffof oʻtayotgan test va jismoniy sinovlarning oʻzidayoq yoshlarimizda kelajakka ishonch ruhi oshmoqda. Ularning ortida turgan ota-onalar va ustozlarning quvonchiga taʼrif yoʻq. Chunki ushbu akademiyaga eng bilimlilar, chiniqqanlar va eng kuchlilar saralab olinadi. Dunyo havas qilsa arzigulik oʻquv auditoriyalari, texnik jihozlar, oʻquv korpuslari, sportning barcha turlariga moslashgan mashgʻulot zallari yoshlarni oʻziga ohanrabodek tortadi. Yashil archalar, anvoiy gullarga burkangan bu muqaddas dargohda har kun talabalar oʻzbekning generallari, polkovniklari, podpolkovniklari, fan doktorlari, professor va dotsentlaridan andoza oladi. Ulardan shu vatanga sadoqat bilan xizmat qilish sirlarini oʻrganadi. Oʻqishni bitirib ham ular xizmat joylarida yana tajriba oʻrganish uchun ustozlarga biriktiriladi. Temir irodali ustozlardan tahsil olgan har qanday shogird poʻlatdek toblangani uchun ham qilni qirq yora oladigan darajaga yetadi. Yosh kadrlarning bu qadar yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlarida bilim va mahoratingiz, talabchanligingiz ularga oʻrnak.

    Xalqimizda bir hikmat bor: donishmand ustozlar bor joyda dono shogirdlar boʻladi. Rahmat, yaxshi ham siz borsiz.

    1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz bunday dedi: “Bugun har bir oʻqituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi taʼlim va ilm-fan sohasidagi eng soʻnggi ijobiy yangiliklarni oʻquv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir soʻz bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilgʻor vakillari boʻlishi shart”.

    Ichki ishlar akademiyasida bugun mamlakatimiz miqyosida katta obroʻga ega ustozlar yoshlarga taʼlim bermoqdalar. Men xizmat safarlarim taassurotlari asosida yozgan “Temir odamning shogirdi”, “Otadek qattiqqoʻl, otadek mehrli”, “Mening akademiyam — mening ustozim” kabi maqolalarimda bu yerda xizmat qilayotgan ilm dargʻalarining shogirdlari eʼtirofini yoritganman. Ularning suhbatlaridan bu dargohda, tizim uchun kadrlar tayyorlashdek ulugʻ maqsadga xizmat qilayotgan katta harflar bilan yoziladigan fidoyi shaxslar turganini olam-olam hurmat va ehtirom tuygʻularida his ­etganman.

    Kasblar bor — bir yilda bir marta sinovdan oʻtib turadi. Kasblar bor — uch yilda bir sinovdan oʻtib turadi. Ammo siz har kun sinovdasiz. Chunki siz el nazaridasiz. Koʻzdan yiroq emassiz. OAV, internet tarmoqlari, har xil saytlar, kanallar qahramonlarisiz.

    Jarrohlik amaliyotiga qon yetishmagani uchun yordam soʻrab murojaat qilgan shifokorlarning qabulxonasida qator boʻlib qon topshirayotgan — siz.

    Suv toshqinidan goʻdaklarni yelkasida koʻtarib chiqib kelayotgan ham siz.

    Yarim tunda bolasi bilan qayerga borishini bilmay, bekatda yigʻlab oʻtirgan ayolni sovuqda muzlab qolishdan qutqarib qolgan, mahalliy hokimlikka murojaat qilib, uning uyli boʻlishiga sababchi boʻlgan ham siz.

    “Bir qoʻrqinchli maxluq qishloqlarimizga oralab, chorva mollarimizni boʻgʻizlab ketmoqda, oʻzimizning ham hayotimiz xavf ostida”, deb xavotirlanayotgan hamyurtlarimizni tinchitish uchun zax zovurlarda, qorongʻu jar yoqalarida, qabristonning sovuq sukunatida besh kechayu kunduz uxlamasdan poyloqchilik qilib, “qoʻrqinchli maxluq” — chiyaboʻrini otib, aholi oldiga keltirib tashlagan ham siz.

    Benomuslar bozor xaltaga solib tashlab ketgan murgʻak chaqaloqni qorongʻu koʻchadan topib olib, to tez yordam mashinasi yetib kelguncha bagʻriga bosib ovutib turgan ham siz.

    Toshbagʻirlar axlatxonaga tashlab yuborgan chaqaloqni qutqarib, birinchi yordam koʻrsatib, jajji nobud boʻlmasligi uchun hamshiralardan-da chaqqonlik bilan murgʻakni artayotgan, butun xalqni duosini olayotgan ham siz.

    Birovning mulkiga bosqin qilib, joniga qasd qilayotgan vahshiy toʻda bilan olishib, jabrdiydalarni asrab qolib, oʻzingiz yarador holda “Hechqisi yoʻq, axir biz xizmatdamiz”, deydigan ham siz.

    COVID-19 virusi — koʻzga koʻrinmas yov bilan “jang”da oldingi qatorda shifokorlar va siz — ichki ishlar xodimlari boʻldingiz.

    Hamma joyda hayot toʻxtab qolgandek boʻlgan bir vaqtda — karantin sharoitida sizning masʼuliyatingiz ikki barobar oshdi.

    Karantin yumshatildi, qoidalarga amal qilgan holda hayot oʻz iziga tushib bormoqda. Ammo siz qanday intizom bilan ishlayotgan boʻlsangiz, xuddi oʻshanday davom etmoqdasiz.

    Mavlono Rumiy aytadilar: “Biz zamonning nainki jonu dili, balki bayroqdorimiz”.

    Buyuk bobomiz ming yillar oldin aytib ketgan ushbu hikmatli soʻz har bir ichki ishlar xodimiga daxldor. Siz nafaqat zamonamizning joni, balki uning dardiga darmon, koʻksiga qalqon, baquvvat bayroqdori, sadoqatli suyanchi boʻldingiz. Ezgu maqsadlar yoʻlida aqlu idrokini, kerak boʻlsa shirin jonini baxshida etayotgan fidoyi jonlarsiz. Yaxshiyam siz borsiz.

    Har juma kunlari nur taralayotgan masjidlar yonida qator turib namozxonlarimiz tinchligi va osudaligini taʼminlab turasiz. Masjid tashqarisida tursangiz-da, xizmatingiz ibodatga qabul boʻlsin. El-yurt tomiriga yurak tomirlari ila bogʻlangan mardlar, bayramingiz muborak boʻlsin!

    Bayramingiz qutlugʻ, sharaf – shon boʻling,

    Tinchlikka qalqonlar, baxtga hamdamlar.

    Siz salomat boʻling, siz omon boʻling.

    Temir irodali, oltin odamlar.

    Olam nurga toʻlgan, atrof oltin kuz,

    Sizga hamroh boʻlsin dilorom damlar.

    Taʼzimimiz sizga, sizga ehtirom,

    Temir irodali, oltin odamlar.

    Sizgadir elimning duo soʻzlari,

    Zahmatla Allohga yaqin odamlar.

    Yelkangizga qoʻngan baxt yulduzlari,

    Temir irodali oltin odamlar.

    ZULFIYA MOʻMINOVA -shoira,

    Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,

    “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi