Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qildi.
Joriy yilning 26-sentyabr kuni Shayxantoxur tumani IIO FMBga 44 yoshli Toxir Z. ariza bilan murojaat qilgan. U oʻz arizasida, Abay koʻchasidagi beton ariqcha ustiga oʻrnatilgan drenaj panjaralar yoʻqolganligini bildirib, ularni topishda amaliy yordam berishni soʻragan.
Tezkor tadbir davomida voqea joyida oʻrnatilgan videokuzatuv kamera yozuvlari oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha, shaxsiga aniqlik kiritilayotgan erkak va ayol, oʻzlarining boshqaruvida boʻlgan “oq” rangli “Matiz” rusumli avtomashinaga mazkur temir panjaralarni ortib ketganligi aniqlangan.
Hozirda oʻgʻrilikda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash boʻyicha tezkor tadbirlar davom ettirilib, tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilmoqda. Uning natijalariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinadi.