Temir yoʻl sohasida Xitoy bilan ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanadi

    2024-yil 7-iyunda Xitoyning Sian munitsipal komiteti kotibi oʻrinbosari Li Djing boshchiligidagi delegatsiya va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari Х.Рахметов boshchiligidagi masʼul rahbarlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi temir yoʻl va logistika sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

    Sian provinsiya delegatsiyasi maʼlumotiga koʻra, 2023-yilda Sian portidan 5 351 blok-poyezdlar harakati amalga oshirilgan boʻlib, ularning 675 tasi Markaziy Osiyo davlatlariga, xususan 50% oshigʻi Oʻzbekiston hisobiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, joriy yil soʻnggiga qadar “Sian -Jizzax” yoʻnalishida 20 000 TEU konteynerda avtomashinalar tashishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomoni Sian porti orqali Oʻzbekistonga va Oʻzbekiston orqali yuk tashish hajmlarini oshirish boʻyicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi. Hamda, mazkur “Sian -Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi yuklarni “Qoshgʻar – Irkeshtom – Osh – Andijon” yoʻnalishi orqali tashishni koʻrib chiqish taklif etildi. Hamda Sianporti vakillariga yaqin kunlarda tashkil etishi rejalashtirilayotgan CASCA+ konsorsiumiga qoʻshilish taklif etildi.

    Sian delegatsiya vakillari yaqin muddatda “Sian – Olmaota” yoʻnalishida turistik poyezd faoliyati tashkil etilishi rejalashtirayotganini maʼlum qildi, hamda keyinchalik ushbu turistik poyezdni Toshkent va Samarqand yoʻnalishlarida ham yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani maʼlum qildi, deb xabar beradi“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.