Temir yoʻl transportida qancha yuk tashilgan?

    Statistika agentligi shu xususda dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi.

    Unga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.

    Yuk tashish hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 1,6 mln. tonnaga oshgan.