Temir yoʻl vagonlarida harbiy texnikalar olib oʻtilgani boʻyicha tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

    Harbiy 20 Aprel 2022 1528

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yonidagi temir yoʻldan vagon- vagon harbiy texnikalar olib oʻtilgani, bu harbiy texnikalar qayerga nima uchun olib ketilgani bizga qorongʻu, degan maʼlumotlar tarqalgan.

    Shu munosabat bilan maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili taʼmirlash zavodlari negizida kapital va oʻrta taʼmirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qoʻshinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirilib boriladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, yaʼni taʼminot va shaxsiy tarkibni tashish uchun moʻljallangan texnikalarning qoʻshinlariga yuborilishi aks etgan.

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
    kommunikatsiyalar departamenti