Temir yoʻllarda raqamlashtirish boʻyicha Rossiya bilan hamkorlik

    Transport 6 Avgust 2021 466

    Shu kunlarda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda Oʻzbekiston tomonining taklifiga binoan “Rossiyskiye jelezniye dorogi” OAJning Axborotlashtirish departamenti boshligʻi Semion Kiril Viktorovich boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

    Ushbu uchrashuv temir yoʻl transportini raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikning mantiqiy davomi hisoblanadi. Tashrif doirasida joylarda ”Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ infratuzilmasini oʻrganish, axborot texnologiyalarini joriy etish siyosati, temir yoʻl liniyalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va boshqa koʻplab tadbirlar, uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

    Darvoqe, bugungi kunda raqamli transformatsiya har qanday sohada ham muhim rol oʻynaydi. Ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik va tajriba almashish mazkur yoʻnalishda harakatlantiruvchi kuchlaridan biri boʻlib, temir yoʻl transportida zamonaviy raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi.