“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ buyurtmachiligida jami 2,6 mlrd soʻmlik “taʼmirlash xizmatlari koʻrsatish” yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning qator talablariga zid ravishda oʻzaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.
Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.








