“Xitoy davlat temir yoʻllari”ning konteyner tashuvlari boʻyicha operatori hisoblangan “China Railway Container Transport” kompaniyasi hamda “Temiryoʻlkargo” AJ oʻrtasida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida yangi transport koridori orqali tashuvlarni amalga oshirish, konteyner tashuvlari vaqtini qisqartirish va Oʻzbekistonning import va eksport yuklariga tashish rejalarini toʻgʻridan-toʻgʻri olish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv soʻngida ikki kompaniya oʻrtasida multimodal tashuvlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi, deb xabar beradi “Temiryoʻlkargo” AJ matbuot xizmati.