Temiryoʻllarda yuk tashish tariflari 1-dekabrdan 30 foizga oshiriladi

    Bu qaror vagonlarga bogʻliq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan.

    2024-yil 1-dekabrdan mahalliy qatnovda “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashishda tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshirilishi maʼlum qilinadi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maʼlum qildi.

    “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ yuk tashish xizmatlarining vagon qismiga bogʻliq xarajatlarining bir qismi oshishini hisobga olib, ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflarini oshirishni rejalashtirgan