Temurbeklar maktabida vatanparvar yoshlar tarbiyalanadi

    Hukumat 16 Oktabr 2020 3219

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.

    Maktab uchun oʻquv korpusi, yotoqxona, oshxona barpo etilmoqda, akademiyaning mavjud binolari rekonstruksiya qilinmoqda. Majmuada, shuningdek, jismoniy-harbiy mashgʻulotlar maydoni, stadion, avtodrom, plas va boshqa obyektlar boʻladi.

    Temurbeklar maktabi tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan boʻlib, unda 200 nafar yosh saboq oladi.

    Shu yerda mazkur taʼlim maskaniga bolalarni saralash va oʻqitish tizimi haqida maʼlumot berildi. Davlatimiz rahbari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oʻquvchilarga yurtimiz tarixi va oʻzbek tilini chuqur oʻrgatish, darslarga har bir fan boʻyicha yetakchi pedagoglarni jalb etish muhimligini taʼkidladi.