Teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda O'zbekiston kichik hisobda yutqazdi

    Sport 24 Iyul 2024 220

    Parijdagi olimpiadada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o'yin bilan ishtirokiini boshladi.

    Birinchi bo'limda har ikkala jamoa ham chiroyli o'ynadi, hisob ham shunga yarasha bo'ldi – 1:1. Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, tarixga kirdi.

    Ikkinchi bo'limda ham kurash keskin davom etdi. Hatto ispanlarning penaltisini Ne'matov qaytardi. Ammo hech qancha vaqt o'tmay, Ispaniya ikkinchi golini kiritdi.

    Shu tariqa o'zbekistonliklar olimpiadani mag'lubiyat bilan boshladi.

    Olimpiada-2024, futbol, S guruhi, 1-tur

    O'zbekiston - Ispaniya 1:2

    Gollar: SHomurodov 45+3 pen. - Pubil 28, Gomes 62